Дикие признания людей!

Forjava.ru
Baxtli sevgi qissasi
Sevgan qizimga sovchilar kela
boshladi. Kelishib birma-bir
hammasini qaytara boshladik.
Lekin uning ammasidan ham
sovchilar keldi. Dadasi opasini
yuzidan o‘ta olmay rozi
bo‘lgandek bo‘ldi. Meni esa
boshim qotdi. To‘y qilishga
umuman pulim qolmagan;
yaqindagina o‘qish shartnoma
pulini to‘lagan, endigina bitta
ho‘kiz olgan paytim edi. Sal
avvalroq olgan "Jiguli” rusumli
mashinamda kira qilib pul topar
edim. Sevgan qizim haqida ikki yil
avval oyimga aytgan edim. Oyim
ham u qizni ko‘rib yoqtirib
qolgan edilar. O‘qishingni
bitirishing bilan uylab qo‘yamiz,
degandilar. Shu sababli nima
qilishga boshim qotib, oxiri
oyimga bor vaziyatni
tushuntirdim; o‘sha qiz yo‘q desa
ham ammasi holi joniga
qo‘ymayotganini, oyisi biror kim
bilan sevishgan bo‘lsang ayt,
sovchilarini yuborsin,
deyayotganini oyimga aytdim.
Oyim biroz o‘ylanib: "Qiz menga
ham yoqadi. Lekin, o‘zing bilasan
akangni yangi hovliga chiqaramiz
desak hali bitmagan. Birovga
sovchilikka borgandan so‘ng uch
oyda to‘y qilinmasa gap so‘z
ko‘payadi”, dedilar. Men esa
qaysarlik qilib hech bo‘lmasa bir
marta borishlarini so‘radim.
Ungacha ishlagan pullarimni
yig‘amiz, do‘stlarim ham yaxshi
bolalar, qarab turishmaydi,
dedim… O‘sha payt dadam dam
olgani ketgan edilar. Oyim ham
ertaga dadang kelsinlarchi,
birgalashib gaplashib ko‘ramiz,
dedilar. Bir kunni bir asr kutdim
shekilli… Dadam keldilar, oyim
bor gapni tushuntirdilar. Dadam
ham: –To‘g‘ri-da, 23ga kirdi.
Yuraveradimi shunaqa. Sen
chiqib urf-odatini qilib kel.
Buyog‘ini ota- bola boplaymiz.
O‘g‘lim, qizini rozi qilgan bo‘lsang
bo‘ldi. Otasini o‘zim rozi qilaman!
– dedilar. Yelkamdan tog‘
ag‘anadi. Oyim sovchilikka
bordilar. Boshqa sovchilar
kelganda xonasidan chiqmay
qamalib o‘tiradigan qiz choy-
nonlarni qilib, o‘zi ovqatlarni
suzib kiribdi. Xullas, ular rozi
bo‘lishdi. Fotihamizni
nishonlagani aylanishga chiqdik.
Meni qitmirligim tutib, u bilan
hazillashishni boshladim: –Men
xizmatdalik paytim o‘zimdan
katta bir qiz bilan yurganman. U
farzandli bo‘libdi, tekshirtirdim,
mendan ekan. U dovdirashni
boshladi. Yana davom etdim: –
Meni kechir, men senga uylana
olmayman, dedim. U esa yig‘lab
yubordi. Keyin: –Sizlarning
gunohingizga bola aybdor emas!
Uni tirik yetim qilmang, u ayolga
uylaning, men o‘z yo‘limni topib
olaman, deb shart burildi-da
ketib yubordi. Ham kulgim kelib,
ham qilgan ishimdan vijdonim
qiynalib uning ortidan yugurib
bordim-da bu gaplarimning bari
hazil ekanligini aytdim. U hafa
bo‘ldi, 2-3 kun gaplashmadik.
Kattalar – ikki yosh bir yil
yurmasin, deb to‘yni tezlatishdi;
Uyni ta’mirlash, to‘yga to‘yxonaga, mashinaga, hali
unga, hali bunga pul yig‘ish, pul
sarflash boshlandi. Tibbiy
tekshiruvdan o‘tish paytimizda u
negadir hafa bo‘lib chiqdi. Uni
ko‘rib: –Nega hafasan? –desam. –
Biror joyga borib o‘tiraylik, aytib
beraman, dedi. Nafasim ichimga
tushib ketdi. Borib o‘tirdik: –Nima
bo‘ldi? – dedim. –To‘yni
qoldiramiz. Menda shamollash
bor ekan, davolanmasam farzand
ko‘ra olmas ekanman, dedi. –Ho‘p
nima qilibdi? To‘y bo‘ladi, to‘ydan
keyin ham davolanaverasan –
dedim. U ham ho‘p degandek
bosh qimirlatib, muzqaymoq olib
bersangiz yana bitta gapim bor
dedi… Qo‘rqib ketdim.
Tomog‘imdan muzqaymoq ham
o‘tmadi. U gap boshladi: –Faqat
jahlingiz chiqmasin, haligi
gaplarim hammasi hazil edi,
o‘sha kungi yig‘latganingiz uchun
hisob 1:1, dedi… Kulib yubordim-
da yana bitta muzaqaymoq olib
berdim…Xullas to‘yimiz orzu
qilganimizdan ham zo‘r o‘tdi.
Mehmonlar to‘lib- toshgan,
oshna- og‘aynilar o‘ynab, kulib
to‘yni qizdirishgan… Hamma
bizni to‘yimizga havas qildi.
To‘ydan keyin yana "Jiguli” sotib
oldim. O‘qishimni ham bitirib
yaqinda bakalavr darajasini
egalladim. To‘rt oy oldin
shiringina qizchamiz ham tug‘ildi.
Sevgimiz va baxtimiz yana ham
mustahkamlandi...

«Kutubxonaga o'tish
«Bosh Sahifa
© Design by MuhiddinBEK
www.voytop.ruStatokwaplog
online