Форум мастеров

Forjava.ru
Yetim Qizlar
Shaxlo otasidan ayrilgach onasi
bilan yolg'iz qoldi. Onasi ham
erga tegib,qizini buvisini
qo'liga tashlab ketdi. Qizaloq
endigina 10yoshda edi. Buvisi
uni tarbiyasiga jiddiy e'tibor berar,nabirasiga uy
yumushlarini,to'quvchilikni,
kashtachilikni
o'rgatardi.Shaxlo o'sib
14yoshga to'lganida buvisi
qazo qildi. Qiz bechora yig'layverib,siqilib kasal bo'lib
qoldi. Uni onasi noiloj o'zi bilan
olib ketdi.Lekin o'gay otasi va
o'gay opasi uni hech
sig'dirmadi. Shaxloning o'gay
otasi juda boy ediyu,Shaxlodan bir burda nonni ham qizg'onar
edi. Qizini azoblanganligini
ko'rgan onasi chidolmay
Shaxloni bolalar uyiga etib
topshirdi. Shaxlo bundan qattiq
o'ksidi. Lekin unga bu yerda yaxshi munosabatda bo'lishar
edilar. Bu esa onasini uyidan
yaxshi edi.Shaxloni onasi
o'zining oilasi bilan
Shvetsariyaga ko'chib
ketishdi.Ikki yildan so'ng qizni va yana Saida ismli dugonasini
bir oila asrab oldi. Shaxloning
yangi oilasi juda madaniyatli
ko'rinar edi. Ular bir yil ahil
yashashdi. So'ng hammalari
Turkiyaga ko'chib ketishdi. Shaxlo chiroyi qiz bo'lib
yetishgan edi. Uni hamma
''oppog'oy'' deb chaqirardi.
Kunlarning birida Saida ota-
onasini gaplarini eshitib qoldi
-Dilya,-ularni asrab olgan ayolni ismi shunaqa edi-Shaxloni
janob Murad sovg'a qilsak ja
zo'r ish bo'lardi. Shundagina
uning e'tiborini qozonamiz-
dedi uning eri Boris
-Saidanichi,uni nima qilamiz?- sigareta tutatdi Dilya
-Uni menga beraqol,men ham
erkakmanku,qachongacha
sening eringni rolini
o'ynayman?-gina qilgudek
Boris -Ey,jinnimisan,Saida hali yosh
qiz,u qancha turishini
bilasanmi o'zi?-Saida o'zlari
haqidagi bu gaplarni eshitib
qo'rqib ketdi.Rangi
oqarib,ko'zini oldi qorong'ulashdi.So'ng sekingina
Shaxloni oldiga tushib,bor
gapni aytib berdi.Shaxlo ham
ko'rgan kuniga la'nat aytdi.
-Saida,buguncha hech narsa
bo'lmagandek tutamiz o'zimizni.
-Nega,qachondir sotilib yoki
kimlargadir hadiya
bo'lamizmi?Hech kimga
ishonchim qolmadi.
-Sen kutib tur,menda reja bor.Hozir tushaman.-Shaxlo
shunday deb yuqori qavatga
ko'tarildi.U yerda Dilya va Boris
kofe ichib turardi.
-Mumkinmi,kechirasiz,Dilya
opa,Saidani tobi qochib qolibdi,dorixonaga chiqib
kelsak maylimi?
-Saidaga nima qilibdi?
-Boshi og'riyapti.
-Ha,albatta qizim,faqat ehtiyot
bo'lib,tez qaytinglar -Xo'p,yaxshi o'tiringlar.-Shaxlo
xonadan chiqib ketdi. Saidani
oldiga kelib
-Agar sendan biror narsa
so'rashsa,"boshim
og'riyotgandi,endi tuzaldim'' deysan.Hozir esa dorixonadan
uyqudori olamiz.
-Yaxshi.Qizlar uyga qaytib Dilya va
Borisni sezdirmasdan
kuzatishdi.Kechki payt Shaxlo telefonini sim kartasini olib
tashlab,ovozni yozib olishga
qo'yib,telefonini Boris va
Dilyani yotog'iga qo'ydi.Qizlar
tong otishini kutdilar.Tong
otgach Saida xonani yig'ishtirishga kirdi.Telefonni
berkitildan joyidan sekin
oldi.Endi chiqib ketayotganida
Dilya kirib keldi.
-Xonani tozaladingmi qizim
-Ha. -Raxmat aqlligim,ertaga seni
ajoyib joyga
etaman,borasanmi?
-Qayerga-Saida qo'rqib
ketdi.lekin buni sezdirmadi.
-Borsang ko'rasan-Dilya shunday deb chiqib ketdi.Boris
va Dilya qadrdonlari bilan
uchrashgani ketishgach,Shaxlo
va Saida telefondagi yozuvlarni
eshitishdi.Unda ertaga Saidani
Dilyani opasi Mariyaning qo'liga topshirishni,evaziga 20ming $
olishini,Shaxloni esa Murad
degan narkobizneschi
milliarderga hadiya
qilishini,Murad degan odam
juda badbasharaligini bilishdi. -Ex ablaxlar,bizni asrab
olishayotganida nimalarni
va'da berishgandi.-Yig'ladi
Saida
-Yig'lama,bu yerdan qochib
ketamiz. -Qanday qilib,axir,eshikni doim
qulflab qo'yishadiku?
-Qaygurma Saida,kechki payt
ko'rasan.
Qizlar ovqatga uyqudori solib
qo'yishdil.Dilya va Boris ovqatdan ichib,uxlab
qolgach,o'z
pasportlarini,seyfdagi pullarni
olib,qochib ketishdi.

«Kutubxonaga o'tish
«Bosh Sahifa
© Design by MuhiddinBEK
www.voytop.ruStatokwaplog
online